“Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor tashkilot — BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan Jamoatchilik ishtirokini hisobga olg…
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi (2-bosqich) doirasida Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi mahallalarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, xususan, ta’lim i…
Buxoro tumanida maktabgacha taʻlim sohasidagi infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro tum…
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mahallalar qiyofasini yangilash, aholi uchun zamonaviy ijtimoiy obyektlarni barpo etish va foydalanishga topshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar avvalo aholining turmush sifatini oshirish, yurt farovonligi hamda jamiyat rivojini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.
Shunga koʻra, joriy yilning 28-mart kuni mamlakatimizning chekk…
Respublikaning chekka hududlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining …
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi O'zbekistondagi birinchi jamoalarga asoslangan rivojlanish loyihasi hisoblanib, undagi barcha amalga oshiriladigan bosqichl…
Bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar avvalo aholining turmush sifatini oshirish, yurt farovonligi hamda jamiyat rivojini mustahkamlashga yo‘nalitirilgan. Shunga ko‘ra, respublikaning chekka hududlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʼarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori asosida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Loyiha umumiy qiymati: 338 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyiha maqsadi:
- qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash;
- hududlarni kompleks rivojlantirish;
- yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish;
- aholi turmush madaniyatini yuksaltirish.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini mamlakatimizning 4 hududida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta qishloqlarida (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla) amalga oshirish orqali yangi ish oʼrinlarini yaratish rejalashtirilgan.