Yangiliklar
Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistonga navbatdagi missiyasi o‘z ishini boshladi. Missiya doirasida Bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalarining amalga oshirilish jarayoni va erishilayotgan natijalar bilan tanishish, shuningdek, hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda loyihalarning asosiy ko‘rsatkichlari, moliyalashtirish shartlari, aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqarorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlarning kelgusidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.