Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Samarqandda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘yicha Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida taqdimot uchrashuvlari o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Ana shunday uchrashuvlardan navbatdagisi joriy yilning 15-may kuni Samarqand “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri Rivojiddin Maxqulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi monitoring bo‘yicha mutaxassis Jaxongir Axmedov va BMTTDning loyiha rahbari Baxtiyor Sayfitdinovlar yig‘ilganlarga loyiha haqida umumiy ma’lumot berdilar.

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda amalga oshiriladigan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini qamrab oladi.

Ushbu loyihada Samarqand viloyatining quyidagi 10 ta tumanidagi 52 ta mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, yashil ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy mutaxassislar va aholi salohiyatini oshirish koʻzda tutilgan:

Bulung‘ur tumanida – 4 ta:
Olmazor, Fozil Yo‘ldosh, Yangiariq, Yangiobod

Jomboy tumanida – 5 ta:
Dehqonobod, Suhmon, Nazar, Beshbola, Qoramo‘yin

Ishtixon tumanida – 6 ta:
Azamat, Qirqyigit, Dehqonobod, Humo, Beshariq, Murodbod

Kattaqo‘rg‘on tumanida – 6 ta:
Polvontepa, Qoradaryo, Balandravot, Olmazor, Uyshun, Navbahor

Narpay tumanida – 5 ta:
Sarbozor, Turon, Nog‘araxona, Istiqlol, Navro‘z

Oqdaryo tumanida – 4 ta:
Oqdaryo, Kumushkent, Yangiobod, Temirak

Paxtachi tumanida – 4 ta:
Saroy, Mirzo Olim, Sardoba, Amirobod

Samarqand tumanida – 6 ta:
Shurboy, Shurboycha, Yangiariq, Bo‘zi, Qo‘shtamg‘ali, Chumchuqli

Tayloq tumanida – 4 ta:
Madaniyat, Vorsin, Xonchorbog‘, Muborak

Urgut tumanida – 8 ta:
Kenagas, Qorabuloq, Baxrin, Beshkon, Jartepa, Boybul, Zarafshon, Rahmatobod

Ushbu loyiha uchta komponentdan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi sinergiya yordamida amalga oshiriladi. Mahallani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda (1-komponent) aholi iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi uchun ustuvor yo‘nalishlarni, shuningdek, o‘z jamoalari uchun qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga hissa qo‘shishga taklif qilinadi. Daromad imkoniyatlarini aniqlashda (2-komponent) aholidan qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma investitsiyalarini qanday optimallashtirish mumkinligini aniqlashtiriladi. Asosan ishtirok etish mexanizmlarini institutsionallashtirish va loyiha faoliyati orqali yaratilgan infratuzilma barqarorligini rag‘batlantirishga qaratilgan 3-komponent mahalliy sharoitlarga, infratuzilma investitsiyalariga va daromad olishning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtiriladi. Va eng muhimi, iqlimga sezgir yechimlar loyihaning barcha komponentlarida ilgari suriladi.

extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish