Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Surxondaryo viloyatida qishloq joylarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

Joriy yilning 13-may kuni Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti binosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida mahalliy hokimiyat vakillari bilan taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri Otabek Ruziyev, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdunazar Urozov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi monitoring bo‘yicha mutaxassis Jaxongir Axmedov va BMTTDning loyiha rahbari Baxtiyor Sayfitdinovlar yig‘ilganlarga loyiha haqida umumiy ma’lumot berdilar.

Mazkur loyihada Surxondaryo viloyatining quyidagi 5 ta tumanidagi 60 ta mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini qurish va kapital taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, yashil ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy mutaxassislar va aholi salohiyatini oshirish koʻzda tutilgan:

Boysun tumanida – 9 ta:

Temir darvoza, Shifobuloq, Darband, O‘rta Machay, Daxnayijon, Dashtig‘oz, Kofrun, Bibishirin, Pulhokim

Sherobod tumanida – 22 ta:

G‘urjak-2, Uzunsoy, Guliston, Qizilolma, Qorabog‘, Zarabog‘, Chorbog‘, Nurtepa, Xo‘jaqiya-2, Chuqurko‘l, Cho‘mishli, Mehnatobod, Do‘stlik, Oqtepa, Istiqbol, Qulluqsho, Mehrobod, G‘urjak-1, Hakimobod, Navbur, G‘o‘rin-gilambob, Boybuloq

Angor tumanida – 9 ta:

Gilambob, Xomkon, Guliston, Yuqori talashqon, Do‘stlik (sobiq Oxunboboyev), Novshahar, Chinobod, Karvon, Qorabog‘

Muzrabot tumanida – 15 ta:

Fayziobod, Chegarachi, Guliston, Xalq yo‘li, Sopollitepa, Mehrigiyoh, Alpomish, Olmazor, Mehnatobod, Darband, Yangiyer, Nurli hayot, Fidokor, Buyuk ipak yo‘li, Madaniyat

Termiz tumanida – 5 ta:

Yangiobod, At-Termiziy, Nurafshon, Orol, Yangihayot.

Mazkur loyiha yuzasidan Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham shu kabi taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish