Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi taqdimoti Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtdi

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi birgalikda Islom taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magi ostida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining navbatdagi taqdimoti Qarshi shahrida o‘tkazildi.

Mazkur loyihada Qashqadaryo viloyatining quyidagi 6 ta tumanidagi 45 ta mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, yashil ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy mutaxassislar va aholi salohiyatini oshirish koʻzda tutilgan:

Kitob tumanida – 8 ta:
Samarqand, Qaynar, Sharq yulduzi, Istiqbol, Yangi Zamon, Charmgar, Bog‘bon, Paxtaobod

Shahrisabz tumanida – 6 ta:
Ravot, Oqdaryo, Xo‘jaxuroson, Loliston, Xontepa, Yangiqishloq

Yakkabog‘ tumanida – 9 ta:
Mevazor, Qo‘shchinor, Alako‘ylak, Istiqlol, Istiqbol, Yashnobod, Qatag‘on, Uchtepa, Navro‘z

G‘uzor tumanida – 7 ta:
Xalqobod, Yangiobod, Mo‘minobod, Bo‘ston, Xumdon, Chanoq, Amir Temur

Dehqonobod tumanida – 6 ta:
O‘zbekiston, Paxtachi, Dehqonobod, Bo‘ston, Oydin yo‘l, Yashnobod

Qamashi tumanida – 9 ta:
Qiziltepa, Tinchlik, Boburtepa, Elabod, Bunyodkor, Qishliq, Yuksalish, Oynakul, Istiqbol.

Loyiha 2024-2028-yillarda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida amalga oshiriladi va uning umumiy miqdori 293,5 million dollarni tashkil etadi.

extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish