Vakansiyalar
1. Loyiha rahbari
Malakaviy talablar:Talab qilingan malaka:
- Menejment, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, muhandislik yoki shunga o‘xshash boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha magistr darajasi;
- Jahon banki guruhi, ITB yoki boshqa xalqaro moliya institutlari (XMI) tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarida kamida 5 yillik ish tajribasi;
- davlat investitsiya dasturlari yoki infratuzilma loyihalari va/yoki dasturlarini amalga oshiruvchi davlat tashkilotlarining yetakchi asosiy bo‘linmalarida, shu jumladan, suv ta’minoti, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini rivojlantirish sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Tajribali kompyuter va Windows foydalanuvchisi. Word, Excel va tegishli kompyuter dasturlari;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida kuchli og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari talab qilinadi.
2. Jizzax viloyati Qishloq fasilitatori
Malakaviy talablar:- Sog‘liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy xizmat yoki boshqa tegishli sohada oliy ma'lumot (kamida bakalavr darajasi).
- Sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti va kanalizasiya yoki boshqa tegishli sohalarida mahalliy rivojlanish dasturlari bo‘yicha ish tajribasi. Jamoatchilikka asoslangan infratuzilma yoki suv ta'minotini qo‘llab-quvvatlashda ishtirokchi qishloqlarni baholash kabi jamoatchilik yondoshuvidan foydalanish tajribasining bo‘lishi qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.
- Trening modullarini ishlab chiqishda tasdiqlangan tajriba.
- Yaxshi trening o‘tkazuvchisi sifatida tasdiqlangan tajriba.
- Jamoada ishlash va muammolarni hal qilish qobiliyati.
- O‘zbek va/yoki rus tillarida yuqori darajada aloqa qilish qobiliyati - og‘zaki va yozma.
3. Jizzax viloyati Qishloq muhandisi
Malakaviy talablar:- Qurilish muhandisligi, qishloq infratuzilmasi, suv ta'minoti va kanalizasiya, arxitektura yoki boshqa qurilishga mos keladigan sohalar, ya'ni asosiy infratuzilmani qurilishi va qio‘loq xududlarini rivojlantirish bidan bog‘liq sohalarda oliy ma'lumotga ega (kamida bakalavr darajasi);
- Qurilish muhandisligi, infratuzilmani loyihalashtirish yoki texnik nazorati sohalarida kamida uch yillik professional ish tajribasi talab qilinadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan investisiya loyihalarida avvalgi ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
- Mahalliy qurilish meyorlari va qoidalarida (KMK) mustaxkam bilimga ega;
- Microsoft Office dasturini yaxshi bilish;
- Quyidagisohalarning har qaysisida bilim / ko‘nikmalar afzallik hisoblanadi: muhandislik loyihalashtirish komp'yuter dasturiy ta'minoti va boshqa tegishli komp'yuter texnik dasturiy ta'minot / dasturlar. Davlat organlardan tasdiqlash/ ruxsat olish tajribasiga ega bo‘lish ya'ni qurilishga bog‘liq ruhsatnomalar, qurilish uchun yerni begonalashtirish tajribasi afzallikdir;
- Tilga bo‘lgan talablar: Ingliz tilini o‘rta darajasida bilish ma'qul. Rus va o‘zbek tillarini bilish shart.
Bo’sh ish o’rinlariga qiziqqanlar quyidagi rezyume formani yuklab olib, to’ldirib, LAOGga elektron pochta orqali yuborishlari mumkin. info@uzrd.uz.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning +99871 207-84-07