Tender
“Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi “Istiqbol”, “Talalien”, “Novmetan” MFYlarida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish”.
2. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘linmasi yuqorida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha tanlov takliflarini muhrlangan holda taklif etadi. Tender savdolari Islom banki tomonidan 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “ISDB” loyihasini moliyalashtirish doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomada o‘rnatilgan Milliy tanlov savdolari (NCB) tartiblariga muvofiq o‘tkaziladi va Yo‘riqnomada belgilanganidek, tegishli mamlakatlarning barcha ishtirokchilari uchun ochiqdir. Bundan tashqari, ITBning manfaatlar to'qnashuvi siyosatini belgilovchi 1.18–21 paragraflarga e'tibor qaratiladi.
3. Manfaatdor tender ishtirokchilari batafsil ma’lumotlarni Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘limidan olishlari va tender hujjatlari bilan ish soatlari davomida soat 9.00 dan 18.00 gacha quyidagi manzil bo‘yicha tanishishlari mumkin. Tender hujjatlarining rus tilidagi to‘liq to‘plamini manfaatdor ishtirokchilar quyidagi manzilga yozma ariza taqdim etgandan so‘ng va bosma va pochta jo‘natmalari xarajatlarini qoplash uchun qaytarilmaydigan yig‘im to‘langandan so‘ng sotib olishlari mumkin, ularning miqdori har bir tanlov hujjatlari to‘plami uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi. To'lov usuli - quyidagi hisob raqamiga bank o'tkazmasi.
Batafsil maʼlumot uchun [email protected] elektron manziliga murojaat qiling