Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Tender

“Promo-roliklar va hujjatli film ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” uchun e’lon

“Promo-roliklar va hujjatli film ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” uchun e’lon

“Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi (IRDP) Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi (BLAOG) Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi (IRDP) doirasida oltita (6) promo-rolik va bitta (1) yillik hujjatli film ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko'rsatuvchi Ijrochini tanlash bo‘yicha tanlov boshlanganini e’lon qiladi. Suratga olish ishlari Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi loyiha obyektlarida amalga oshiriladi.

Ko‘zda tutilgan xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-    har bir videorolik bo‘yicha ijodiy konsepsiya, ssenariy, raskadrovka (kadrlar rejasi) va suratga olish jadvalini ishlab chiqish;
-    loyiha obyektlarida “oldin va keyin” tamoyili asosida yer usti va (zarurat bo‘lganda) havodan suratga olish ishlarini o‘tkazish;
-    montaj, rangni tuzatish (svetokorreksiya), tovush dizayni, moushn-grafika va subtitrlar yaratish; 
-    har biri 1–2 daqiqa davomiyligidagi oltita (6) promo-rolik va 5–8 daqiqa davomiyligidagi bitta (1) yillik hujjatli film ishlab chiqarish;
-    videomateriallarning loyihaning tasdiqlangan brend uslubiga hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Islom taraqqiyot banki talablariga muvofiqligini ta’minlash;
-    qoralama versiyalarni Buyurtmachiga kelishuvga taqdim etish va tuzatishlar kiritish (har bir video bo'yicha uch bosqichgacha);
-    yakuniy qabul qilingandan so‘ng barcha manba va montaj fayllarini, shuningdek materiallardan foydalanish huquqlarini Buyurtmachiga topshirish.

Malaka talablari:

-    kamida 2 yillik professional video ishlab chiqarish tajribasiga ega, yuridik ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs;
-    shu darajadagi va murakkablikdagi promo-roliklar, hujjatli yoki korporativ videolar ishlab chiqarish tajribasi;
-    malakali xodimlar va texnik jihozlar (kameralar, stabilizatorlar, havodan suratga olish va tovush jihozlari) mavjudligi;
-    so‘nggi 2 yil ichida bajarilgan kamida uchta (3) shunga o‘xshash ish namunasi (nashr etilgan videolarga havolalar yoki elektron portfolio bilan);
-    belgilangan muddatlarda O'zbekistonning bir necha hududlarida suratga olish ishlarini o‘tkazish uchun tashkiliy va texnik salohiyat.

Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil “14” avgust, mahalliy vaqt bilan soat 15:00.

Tanlov hujjatlarini olish va arizalarni topshirish uchun aloqa ma’lumotlari:

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li ko'chasi, 1-uy, 

6-qavat, o‘ng blok

Telefon: (998 93) 598 16 09

E-pochta: 1038irdp.procurement@gmail.com

“Narx takliflarini so‘rash” (Request for Quotations – RFQ) va texnik topshiriq (Term of Reference – ToR) quyidagi havola orqali mavjud: 

https://docs.google.com/document/d/1Xwe5nsb76dRq36T2Rl_w1QG6WIaizRE4qwS1_dGyvwo/edit?usp=sharing
https://docs.google.com/document/d/1bFhNwgjPJtVB5lR0VSxzGEA4OXvz9IlDgEpmlzoQQCA/edit?usp=sharing
 

Tender havolasi

Yuborish Ulashish