Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Tender

Mintaqaviy koordinator yordamchisi tanlash uchun e’lon

Mintaqaviy koordinator yordamchisi tanlash uchun e’lon

Mintaqaviy koordinator yordamchisi
Qishloq joylarini barqaror rivojlanish loyihasi
Buxoro va Navoiy viloyatlari bo'
yicha

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi (BLAOG) Islom taraqqiyot banki (ITB) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg'armasi (Kredit № 14901P) tomonidan moliyalashtirilayotgan Qishloq joylarini barqaror rivojlanish loyihasi (PQ-5246/2021) uchun ikkita Mintaqaviy koordinator yordamchisini tanlov asosida tanlash jarayoni boshlanganini e'lon qiladi. Lavozimlar Buxoro va Navoiy viloyatlarida faoliyat yuritish uchun mo'ljallangan.
Kutilayotgan xizmatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
–    tasdiqlangan jadvallar asosida ishlarning haqiqiy holatini tekshirish maqsadida qurilish va rekonstruksiya ob'ektlariga muntazam borib turish;
–    joylardagi obyektlar tekshiruvlari natijalarini BLAOG standart shakllari bo'yicha qayd etish (fotohisobotlar, ko'rik dalolatnomalar, kamchiliklar ro'yxati);
–    mas'uliyat zonasidagi har bir obyekt bo'yicha jismoniy va moliyaviy ko'rsatkichlar ma'lumotlarini to'plash va dastlabki tekshiruv o'tkazish;
–    mintaqaviy koordinator topshirig'iga binoan maktublar, xizmat xatlari va loyiha amalga oshirilishi borasidagi hisobotlar loyihalarini tayyorlash;
–    loyiha ob'ektlarining dolzarb ma'lumotlar bazasini yuritish: shartnomalar holati, tugash sanalari, bajarilgan ishlar hajmi;
–    BLAOGga taqdim etish uchun loyihani amalga oshirish ko'rsatkichlari bo'yicha yig'ma jadvallar (SVOD) tuzish;
–    pudratchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma shartlariga rioya etilishini monitoring qilishda mintaqaviy koordinatorga ko'maklashish;
–    pudrat tashkilotlar bilan da'volar, bildirishnomalar va yozishmalar reestrini yuritish;
–    tuman va mintaqa darajasidagi muvofiqlashtiruv yig'ilishlari va ishchi uchrashuvlarda ishtirok etish;
–    loyihani amalga oshirish doirasida mintaqaviy koordinatorning boshqa topshiriqlarini bajarish.

Malaka talablari:
–    menejment, iqtisodiyot, qurilish, davlat boshqaruvi yoki tegishli sohalarda oliy ma'lumot;
–    loyihalarni amalga oshirish, qurilish, infratuzilma, davlat dasturlari yoki loyihalarni ma'muriy jihatdan qo'llab-quvvatlash sohasida kamida 2 yillik kasbiy tajriba;
–    MS Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint) yaxshi bilish; elektron hujjat aylanish tizimlarini bilish — afzallik;
–    o'zbek tili — ravon; rus tili — ravon (ish tili); ingliz tili — asosiy daraja (talab qilinadi).

Tanlashda qo'shimcha afzalliklar hisoblanadi:
–    BLAOG yoki shunga o'xshash loyihalarni amalga oshirish guruhida (PIU/PMU) ishlash tajribasi;
–    xalqaro moliya tashkilotlari loyihalari bo'yicha hisobot tayyorlash tajribasi.

Arizalar topshirish muddati: «01» iyul 2026 yil, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 gacha.
Tender hujjatlarini olish va arizalarni topshirish uchun aloqa ma'lumotlari:
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent shahri, Niyozbek yo'li ko'chasi, 1, 4-qavat, o'ng blok
Telefon: (998 77) 363 37 35
Elektron pochta: f.abdullayev@uzrd.uz

Texnik topshiriq quyidagi havolada mavjud:

https://docs.google.com/document/d/1r8-DpYrdvjRO-MZhkmDmZpQmQO0I_n3Dm6kLtn46rwM/edit?usp=sharing
 

Tender havolasi

Yuborish Ulashish