Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Tender

Individual konsultant tanlovi uchun e’lon

Individual konsultant tanlovi uchun e’lon

“Qishloq joylarni barqaror rivojlanish” loyihasi doirasida
Monitoring va baholash (M&B) mutaxassisi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi (BLAOG), Islom taraqqiyot banki (ITB), OPEK jamg’armasi, Saudiya taraqqiyot fondi va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) moliyalashtiradigan “Qishloq joylarni barqaror rivojlanish” loyihasi uchun Individual konsultant — Monitoring va baholash (M&B) mutaxassisini tanlash jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.

Kutilayotgan xizmatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

•    Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi 912 ta ob‘ektlarda qurilish/rekonstruktsiya ishlarining jismoniy va moliyaviy o‘sishini muntazam monitoring qilish;
•    Har bir obyekt bo'yicha shartnoma to‘lovlari va moliyaviy rivojlanishni tasdiqlangan byudjetlar bilan taqqoslab kuzatib borish;
•    «Shaffof qurilish» elektron platforma orqali amalga oshirilayotgan barcha paketlar bo‘yicha xarid jarayonlarini monitoring qilish;
•    ITB va OPEK Fund uchun oylik yakuniy M&B hisobotlari va choraklik taraqqiyot hisobotlarini tayyorlash;
•    Axborot tizimi doirasida jismoniy, moliyaviy va xarid monitoringi reestrlari/dashboardlarini yangilab borish;
•    Foydalanuvchilar so‘rovnomalari, fokus-guruhlar va tugallangan ob‘ektlarning texnik auditlarini tashkil etish;
•    BLAOG direktori ko‘rsatmasi bilan boshqa tegishli vazifalarni bajarish.

Malaka talablari:

•    Iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar, muhandislik yoki tegishli sohalarda oliy ma'lumot (kamida bakalavr darajasi);
•    Kamida 5 yillik tegishli kasbiy tajriba, jumladan xalqaro moliya institutlari (XMI) loyihalarida; infratuzilma/qurilish loyihalarini monitoring qilish tajribasi; davlat xaridlari tizimidan xabardorlik;
•    Ingliz tilini erkin bilish; o‘zbek va/yoki rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
•    Kompyuter va ma‘lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalari (MS Excel, Word, PowerPoint).

Arizalar topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 26-iyun, mahalliy vaqt bilan soat 15:00.
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent shahri, Niyozbek yo'li ko'chasi, 1, 4-qavat, o'ng blok
Telefon: (998 77) 363 37 35
Elektron pochta: f.abdullayev@uzrd.uz

Texnik topshiriq quyidagi havolada mavjud:

https://docs.google.com/document/d/1sB7Lj2fcLWqkXem63uUv0YHwgzMzcTgOF3XJnJOhopI/edit?usp=sharing
 

Tender havolasi

Yuborish Ulashish