Tender
Sektor: Qishloq rivojlanishi
Xarid turi: Ishlar
Shartnoma raqami: OFID-NAV-SH-W-02
Moliyalashtirish manbai: Islom taraqqiyot banki va OPEK fondi
Moliyalashtirish raqami: UZB-1023
E'lon chop etilgan sana: 19/05/2026
Arizalar topshirish muddati: 15/06/2026, 15:00 (TST)
1. O‘zbekiston Hukumati Islom taraqqiyot bankidan (ITB) “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun kredit olgan va ushbu kreditning bir qismini Navoiy viloyatidagi quyidagi pudrat shartnomasi bo‘yicha pudrat ishlariga qonuniy to‘lovlarni moliyalashtirish uchun ishlatishni maqsad qilgan:
2. OFID-NAV-SH-W-02 “Ko‘prik inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash, jumladan Karmana tumani “Kalovat” MFY “Qiyot” ko‘chasida joylashgan ko‘prikni kapital ta‘mirlash, aholi va maktab o‘quvchilarining xavfsizligini ta‘minlash maqsadida “Katta masjid” va “Ayronchi” mahallalarini bog‘lovchi piyodalar ko‘prigini qurish, Uyrot va Ayronchi mahalalari orasidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish, shuningdek Navbahor tumani “Kelachi” MFY hududida piyodalar ko‘prigini qurish”.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish birlashma guruhi ushbu hujjat orqali yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish bo‘yicha muhrlab yopilgan tender takliflarini taqdim etishga vakolatli ishtirokchilarni taklif qiladi. Tender savdolari Islom banki tomonidan 2019-yil aprelda e‘lon qilingan ITB loyihalarini moliyalashtirishda tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha Qo‘llanmada belgilangan milliy tanlov savdolari (MTS) tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi va Qo‘llanmada belgilangan vakolatli mamlakatlardan istalgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
4. Manfaatdor vakolatli tender ishtirokchilari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish birlashma guruhidan qo‘shimcha ma‘lumot olishlari va quyida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha ish vaqti davomida soat 9.00 dan 18.00 gacha tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin.
5. Tender hujjatlarining to‘liq to‘plami rus tilida manfaatdor ishtirokchilar tomonidan elektron pochta orqali yoki Buyurtmachi manzili bo‘yicha shaxsan yozma so‘rov taqdim etilgandan so‘ng olinishi mumkin.
6. Raqobat takliflari tender hujjatlari talablariga muvofiq tayyorlanishi va muhrlab yopilgan holda quyida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha tender hujjatlarida belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
7. Raqobat takliflarini ochish tender hujjatlarida ko‘rsatilgan sana, vaqt va joyda ishtirok etishni xohlovchi ishtirokchilar vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi.
Manzil: Yunusobod, Niyozbek yo‘li ko‘chasi 1
Qavat/blok №: 6-qavat, o‘ng blok
Shahar: Toshkent
ZIP/Pochta indeksi: 100084
Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi
Telefon: +998 77 363 37 35
Elektron pochta manzili: srdp.uz@gmail.com, f.abdullayev@uzrd.uz. Maktub ikkala elektron pochta manziliga yuborilishi shart.