Tender
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidasi Texnik topshiriqqa muvofiq Ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasini (ESMP) ishlab chiqish uchun loyihadagi toʻrtta hudud — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida individual konsultantlarni tanlab olish boshlanganini eʼlon qiladi.
Muhim:
Konsultantlarni tanlab olish har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladi. Har bir viloyat mustaqil lot sifatida koʻrib chiqiladi hamda har bir viloyat uchun bittadan konsultant tanlab olinadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi qurilish obyektlari uchun Ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasini ishlab chiqish maqsadida individual konsultantni tanlab oladi.
Konsultant xizmatlarining umumiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- ESIA tayyorlash (zarurat boʻlganda)
- ESMP ishlab chiqish
- RAP yoki DDR tayyorlash (zarurat boʻlganda)
- Ekologik va ijtimoiy taʼsirlarni tahlil qilish
- Taʼsirlarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish
- Monitoring rejalarini tayyorlash
- BLAOG va OPEK jamgʻarmasiga yakuniy hisobotlarni taqdim etish.
Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 29-dekabr, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 gacha.
Tanlov hujjatlarini olish va arizalarni topshirish uchun aloqa maʼlumotlari:
Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, 100017,
Toshkent shahri, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy.
6-qavat, oʻng tomon
Telefon: +998935881101
Elektron pochta: f.abdullayev@uzrd.uz
Har bir hudud boʻyicha texnik topshiriq quyidagi havolalar orqali mavjud:
Buxoro:
https://drive.google.com/drive/folders/1y29-DYjxqpwTmUwzaVGHvjHpu0f040I5?usp=drive_link
Navoiy:
https://drive.google.com/drive/folders/1j1a2v50SwHjPmOMDZ08M14dFM6lB5Mpk?usp=drive_link
Xorazm:
https://drive.google.com/drive/folders/1KqnYcoJ3q7gmNF80kEeo-RzAliX00y-8?usp=drive_link
Qoraqalpogʻiston Respublikasi:
https://drive.google.com/drive/folders/1nyxRpPICGbmihbr6SyefmWFR8AlMQQ4s?usp=drive_link