Tender
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida quyidagi ishlarni bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni muhrlangan tender takliflarini taqdim etishga taklif qilmoqda
(Qarz bitimi raqami - UZB-1023)
Loyiha tashabbuskori - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Moliyalashtirish manbasi - Islom taraqqiyot banki va “OPEK” xalqaro rivojlantirish jamg‘armasi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mazkur ishlarni bajarish uchun vakolatli ishtirokchilarni yopiq tender takliflarini taqdim etishga taklif qiladi:
SRDP-KR-W-10 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatash tumanidagi Naymankul, Tosh Ovul, Keneges, Sarako‘l, Oydin Yo‘l va Do‘stlik MFYlarida ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, shu jumladan suv tozalash inshootlari, quduqlar, suv ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiya liniyasini qurish va o‘rnatishni amalga oshirish.
SRDP-KR-W-11 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Otayurt, Paxtachi va Ullubo‘g‘ MFYlarida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash.
SRDP-KR-W-12 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Lolazor, Abay va Do‘stlik MFYlarida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash.
SRDP-KR-W-13 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi Samanbay, Kattagar va Oqmang‘it MFYlarida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash.
SRDP-KR-W-14 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatash tumanidagi Naymankul, Tosh Ovul, Nurli Kelajak, Do‘stlik va Keneges MFYlarida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-15 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Farovon, Olmazor, Bosuv va Yangibog‘od MFYlarida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-16 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Otayurt, Ko‘na To‘rtko‘l va G‘alaba MFYlarida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-17 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Lolazor, Obi Hayot va Mahtumquli MFYlarida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-18 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi Samanbay, Kattag‘ar va Oqmang‘it MFYlarida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-19 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Qo‘shqora va Qilchinoq MFYlarida 9- va 3-son umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha o‘quv korpuslari va oshxona binolarini qurish.
SRDP-KR-W-20 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tahiatash tumanidagi Do‘stlik, Keneges, Aytqushli, Oydin Yo‘l va Qusshiliq MFYlarida piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash, shuningdek, ko‘cha yoritish tizimini o‘rnatish va modernizatsiya qilish.
SRDP-KR-W-21 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Toshyop, Farovon, Olmazor, Bosuv, O‘rtaqal’a va Yangiobod MFYlarida piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash, shuningdek, ko‘cha yoritish tizimini o‘rnatish.
SRDP-KR-W-22 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Otayurt va Paxtachi MFYlarida ko‘cha yoritgichlari bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish.
SRDP-KR-W-23 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Ullubo‘g‘ va Ko‘na To‘rtko‘l MFYlarida ko‘cha yoritgichlari bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish.
SRDP-KR-W-24 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Anhorli va Do‘stlik MFYlarida ko‘cha yoritgichlari bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish.
SRDP-KR-W-25 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Shimom, Lolazor, Maxtumquli va Do‘stlik MFYlarida ko‘cha yoritgichlari bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash.
SRDP-KR-W-26 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi Sho‘rko‘l, O‘rnak, Samanbay va Kattag‘ar MFYlarida ko‘cha yoritish tizimi bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash.
SRDP-KR-W-27 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Sarabiy, Qo‘shqora, Amirobod, Ixlos, Qilchinoq va Cho‘pon MFYlarida ko‘cha yoritgichlari bilan birga piyodalar yo‘laklarini qurish.
SRDP-KR-W-28 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tahiatash tumanidagi Nurli Kelajak MFYda 330 o‘rinli umumta’lim maktabi qurilishi.
SRDP-KR-W-29 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Paxtachi MFYda 210 o‘rinli umumta’lim maktabi qurilishi.
2. Tender savdolari Islom taraqqiyot banki tomonidan 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “Loyihalarni moliyalashtirishda tovarlar, ishlar va qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma”da belgilangan milliy tanlov tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu tenderda qo‘llanmada belgilangan vakolatli davlatlardan istalgan ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, ITB siyosatining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi 1.18–1.21-bandlariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
3. Qiziqish bildirgan vakolatli tender ishtirokchilari quyidagi manzil bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhidan batafsil ma’lumot olishlari va ish vaqtida (soat 9:00 dan 18:00 gacha) tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin. Tender hujjatlarining to‘liq to‘plamini rus tilida olish uchun, qiziqish bildirgan ishtirokchilar yozma ariza berishlari va quyidagi manzilga murojaat qilgan holda, har bir tender hujjatlari to‘plami uchun chop etish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida 1 250 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi. To‘lov usuli — quyidagi hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.
Toʻlovlarni soʻmda amalga oshirish uchun:
Qabul qiluvchi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Qabul qiluvchining manzili va telefon raqami:
100017, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok.
Tel: (+998 71) 207-84-07.
Qabul qiluvchining banki:
ATB "Ipoteka-bank" Toshkent filiali, MFO: 00419
Qabul qiluvchining hisob raqami (soʻmda):
Qabul qiluvchining STIR (INN), OKONH kodi:
20210000705294507007
STIR(INN): 307 829 948.
Tender takliflari tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab 120 kun davomida amal qilishi lozim va ular bank kafolati shaklida ta’minot garovi bilan birga topshirilishi kerak.
Tender takliflari quyidagi manzilga BLAOG ofisiga yetkazilishi kerak:
Kimga: B. Egamov, BLAOG Direktori
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100017,
Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok
Telefon:(998 77) 363 37 35
Elektron pochta: f.abdullayev@uzrd.uz
Tender takliflari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga 2025-yil 27-avgust kuni soat 15:00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) yetkazilishi kerak. Takliflar belgilangan vaqtda ochiladi va bu jarayonda qatnashishni istagan tender ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin. Belgilangan muddatdan kech kelgan takliflar rad etiladi.
Paketlarni ochish jarayoni 2025-yil 27-avgust kuni soat 15:15 da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida (4-qavatda) quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy.