Tender
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida Buxoro viloyatida quyidagi ishlarni bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni muhrlangan tender takliflarini taqdim etishga taklif qilmoqda
(Qarz bitimi raqami - UZB-1023)
Loyiha tashabbuskori - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Moliyalashtirish manbasi - Islom taraqqiyot banki va “OPEK” xalqaro rivojlantirish jamg‘armasi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mazkur ishlarni bajarish uchun vakolatli ishtirokchilarni yopiq tender takliflarini taqdim etishga taklif qiladi:
OFID-BKH-W-33 Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Gulistonobod, Havzak, Zargaron va Taxtaxon MFYlaridagi asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash hamda joriy ta’mirlash.
OFID-BKH-W-37 Buxoro viloyati Buxoro tumani Guliston MFYlaridagi Kunjiqala MFYdagi 16-son va Amirobod MFYdagi 23-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish.
OFID-BKH-W-38 Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Sarayon MFYdagi 1-son va B. Naqshband MFYdagi 2-son maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.
OFID-BKH-W-39 Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Nayman MFYdagi 10-son va Sofidehqon MFYdagi 30-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish.
OFID-BKH-W-40 Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Mirzoqul, Pashmon, Tezguzar va Bobur MFYlarida joylashgan 9-, 10-, 20- va 44-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish.
OFID-BKH-W-41 Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Gajdumak, Labirut va Jovgari MFYlarida joylashgan 34-, 64- va 67-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish.
OFID-BKH-W-58 Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi Yangiturmush, Istiqlol, Sahovat va Novmetan MFYlaridagi oilaviy poliklinika binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.
OFID-BKH-W-61 Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Mirzoqul, Tezguzar va Pashmon MFYlaridagi oilaviy poliklinika binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.
OFID-BKH-W-62 Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Gulistonobod, Havzak va Zargaron MFYlaridagi oilaviy poliklinika binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.
OFID-BKH-W-63 Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi Yangi Turmush, Istiqlol, Rabotak, Sahovat, Talalion, Kunjiqala, Amirobod-Guliston va Novmetan MFYlarida piyoda yo‘laklarini qurish va ta’mirlash hamda ko‘cha yoritish tizimini yaratish.
OFID-BKH-W-64 Buxoro viloyati Kogon tumanidagi B.Naqshband, Kogon, Navruz va Beklar MFYlarida piyoda yo‘laklarini qurish va ta’mirlash hamda ko‘cha yoritish tizimini yaratish.
OFID-BKH-W-65 Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Kulhatib, G‘aribshoh va Hajuvon MFYlarida piyoda yo‘laklarini qurish va ta’mirlash hamda ko‘cha yoritish tizimini yaratish.
OFID-BKH-W-66 Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Mirzoqul, Xorqash, Do‘rmon, Bobur, Tezguzar, Bobohaydar va Pashmon MFYlarida piyoda yo‘laklarini qurish va ta’mirlash hamda ko‘cha yoritish tizimini yaratish.
OFID-BKH-W-67 Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Jovgari, Labirut, Oqgul, Chag‘dari, Gulistonobod, Havzak, Zargaron va Taxtaxon MFYlarida piyoda yo‘laklarini qurish va ta’mirlash hamda ko‘cha yoritish tizimini yaratish.
2. Tender savdolari Islom taraqqiyot banki tomonidan 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “Loyihalarni moliyalashtirishda tovarlar, ishlar va qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma”da belgilangan milliy tanlov tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu tenderda qo‘llanmada belgilangan vakolatli davlatlardan istalgan ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, ITB siyosatining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi 1.18–1.21-bandlariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
3. Qiziqish bildirgan vakolatli tender ishtirokchilari quyidagi manzil bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhidan batafsil ma’lumot olishlari va ish vaqtida (soat 9:00 dan 18:00 gacha) tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin. Tender hujjatlarining to‘liq to‘plamini rus tilida olish uchun, qiziqish bildirgan ishtirokchilar yozma ariza berishlari va quyidagi manzilga murojaat qilgan holda, har bir tender hujjatlari to‘plami uchun chop etish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida 1 250 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi. To‘lov usuli — quyidagi hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.
Toʻlovlarni soʻmda amalga oshirish uchun:
Qabul qiluvchi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Qabul qiluvchining manzili va telefon raqami:
100017, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok.
Tel: (+998 71) 207-84-07.
Qabul qiluvchining banki:
ATB "Ipoteka-bank" Toshkent filiali, MFO: 00419
Qabul qiluvchining hisob raqami (soʻmda):
Qabul qiluvchining STIR (INN), OKONH kodi:
20210000705294507007
STIR(INN): 307 829 948.
Tender takliflari tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab 120 kun davomida amal qilishi lozim va ular bank kafolati shaklida ta’minot garovi bilan birga topshirilishi kerak.
Tender takliflari quyidagi manzilga BLAOG ofisiga yetkazilishi kerak:
Kimga: B. Egamov, BLAOG Direktori
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100017,
Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok
Telefon:(998 77) 363 37 35
Elektron pochta: f.abdullayev@uzrd.uz
Tender takliflari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga 2025-yil 28-avgust kuni soat 15:00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) yetkazilishi kerak. Takliflar belgilangan vaqtda ochiladi va bu jarayonda qatnashishni istagan tender ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin. Belgilangan muddatdan kech kelgan takliflar rad etiladi.
Paketlarni ochish jarayoni 2025-yil 28-avgust kuni soat 15:15 da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida (4-qavatda) quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy.