Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Tender

Xorazm viloyati bo‘yicha tender savdolarida ishtirok etishga taklif

Xorazm viloyati bo‘yicha tender savdolarida ishtirok etishga taklif

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida Xorazm viloyatida quyidagi ishlarni bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni muhrlangan tender takliflarini taqdim etishga taklif qilmoqda
(Qarz bitimi raqami - UZB-1023)

Loyiha tashabbuskori - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Moliyalashtirish manbasi - Islom taraqqiyot banki va “OPEK” xalqaro rivojlantirish jamg‘armasi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mazkur ishlarni bajarish uchun vakolatli ishtirokchilarni yopiq tender takliflarini taqdim etishga taklif qiladi:

SRDP-KHR-W-69 Buxoro viloyati Yangi Bozor tumanidagi Barhayot MFYda ichimlik suv taʼminotini yaxshilash maqsadida nasos stansiyasini modernizatsiya qilish.

SRDP-KHR-W-70 Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Do‘stlik va Do‘rmon MFYlarda elektr taʼminotini yaxshilash.

SRDP-KHR-W-71 Urganch tumani Hilol MFYdagi 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish (mavjud 90 o‘rinli binoni buzish va uning o‘rniga 150 o‘rinli yangi bino qurish).

SRDP-KHR-W-72 Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi Bog‘iston MFYda joylashgan 35-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-73 Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi Yangiqadam MFYda joylashgan 4-son va 12-son umumta’lim maktablarini kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-74 Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi MFYda 5-son va 33-son umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-75 Xorazm viloyati Xonqa MFYda oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish hamda 20-son umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-76 Xorazm viloyati Xonqa MFYda joylashgan 46-son oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish va 8-son umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-77 Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi H.Olimjon MFYda joylashgan “Uyg‘ur” oilaviy poliklinikasini rekonstruksiya qilish hamda 17-son maktabgacha ta’lim muassasasini ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-78 Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi Shoirlar MFYda joylashgan 16-son maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-79 Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 22-son umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash va 24-son maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-80 Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 37-son va 10-son umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-81 Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Bo’ston MFYda joylashgan 16-son umumta’lim maktabi va 37-son oilaviy poliklinikasini rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-82 Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-83 Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-84 Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Navbir yop MFYda joylashgan 32-son va Qangli MFYdagi 15-son maktablarni rekonstruksiya qilish, shu jumladan muhandislik tarmoqlari, derazalar, eshiklar, tom yopish va ichki bezaklarni yangilash.

SRDP-KHR-W-85 Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Dusimbiy MFYda joylashgan 180-sonli bog‘chani rekonstruksiya qilish.

SRDP-KHR-W-86 Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Marbug‘at MFYda joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish, 16-sonli bog‘chani rekonstruksiya qilish va 17-sonli maktabni kapital ta’mirlash.

SRDP-KHR-W-87 Xorazm viloyati Urganch tumanidagi Merganovul MFYda joylashgan 7-son maktabni rekonstruksiya qilish (624 o‘rinli bino kapital ta’mirlash va 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurish).

SRDP-KHR-W-88 Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Paxtagul MFYda joylashgan 27-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish.

2. Tender savdolari Islom taraqqiyot banki tomonidan 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “Loyihalarni moliyalashtirishda tovarlar, ishlar va qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma”da belgilangan milliy tanlov tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu tenderda qo‘llanmada belgilangan vakolatli davlatlardan istalgan ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, ITB siyosatining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi 1.18–1.21-bandlariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

3. Qiziqish bildirgan vakolatli tender ishtirokchilari quyidagi manzil bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhidan batafsil ma’lumot olishlari va ish vaqtida (soat 9:00 dan 18:00 gacha) tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin. Tender hujjatlarining to‘liq to‘plamini rus tilida olish uchun, qiziqish bildirgan ishtirokchilar yozma ariza berishlari va quyidagi manzilga murojaat qilgan holda, har bir tender hujjatlari to‘plami uchun chop etish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida 1 250 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi. To‘lov usuli — quyidagi hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.

Toʻlovlarni soʻmda amalga oshirish uchun:

Qabul qiluvchi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
 
Qabul qiluvchining manzili va telefon raqami:
100017, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok.
Tel: (+998 71) 207-84-07.

Qabul qiluvchining banki:
ATB "Ipoteka-bank" Toshkent filiali, MFO: 00419

Qabul qiluvchining hisob raqami (soʻmda):
Qabul qiluvchining STIR (INN), OKONH kodi:    

20210000705294507007 
STIR(INN): 307 829 948.
        
Tender takliflari tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab 120 kun davomida amal qilishi lozim va ular bank kafolati shaklida ta’minot garovi bilan birga topshirilishi kerak.

Tender takliflari quyidagi manzilga BLAOG ofisiga yetkazilishi kerak:
Kimga: B. Egamov, BLAOG Direktori
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100017,
Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok
Telefon:(998 77) 363 37 35 
Elektron pochta:  f.abdullayev@uzrd.uz

Tender takliflari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga 2025-yil 26-avgust kuni soat 15:00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) yetkazilishi kerak. Takliflar belgilangan vaqtda ochiladi va bu jarayonda qatnashishni istagan tender ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin. Belgilangan muddatdan kech kelgan takliflar rad etiladi.

Paketlarni ochish jarayoni 2025-yil 26-avgust kuni soat 15:15 da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida (4-qavatda) quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy.

Tender havolasi

Yuborish Ulashish