Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Tender

Navoiy viloyati bo‘yicha tender savdolarida ishtirok etishga taklif

Navoiy viloyati bo‘yicha tender savdolarida ishtirok etishga taklif

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quyidagi ishlarni bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni muhrlangan tender takliflarini taqdim etishga taklif qilmoqda
(Qarz bitimi raqami - UZB-1023)

Loyiha tashabbuskori - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Moliyalashtirish manbasi - Islom taraqqiyot banki va “OPEK” xalqaro rivojlantirish jamg‘armasi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mazkur ishlarni bajarish uchun vakolatli ishtirokchilarni yopiq tender takliflarini taqdim etishga taklif qiladi:

OFID-NAV-W-29 Navoiy viloyatida, Karmana tumanidagi Varq va Tallok MFYlariga  ichimlik va oqava suv ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish, shu jumladan suv olish inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

OFID-NAV-W-31 Karmana va Navbahor tumanlaridagi Kalovat, Katta Machit, Uyrot va Kelachi MFYlarida transport infratuzilmasi obyektlarini rekonstruksiya qilish va qurish, jumladan ko‘priklar, yo‘l qoplamalari va piyodalar o‘tish joylarini ta’mirlash va qurish.

OFID-NAV-W-32 Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Azamat MFYda joylashgan 22-son maktabgacha ta’lim muassasasini, Qahramon MFYdagi 19-son va Yangiyobod MFYdagi 18-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

OFID-NAV-W-34 Qiziltepa tumanidagi Azizobod MFYda joylashgan 42-son umumta’lim maktabi hamda Varzun MFYdagi 18-son umumta’lim maktab binolarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, jumladan o‘quv va qo‘shimcha korpuslarni qurish.

OFID-NAV-W-35 Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Arabxona MFYdagi 16-son umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash va Rabot MFYdagi 15-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish (670 o‘quvchi uchun binoni kapital ta’mirlash va 240 o‘quvchi uchun qo‘shimcha bino qurish).

OFID-NAV-W-37 Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Vark MFYda joylashgan 31-son umumta’lim maktabi, Kalovat MFYdagi 6-son maktab va Dehqon MFYdagi 2-son umumta’lim maktab binolarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.

OFID-NAV-W-38 Navoiy viloyati Karmana tumani Katta machit MFYda joylashgan 17-son umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash va binolarni rekonstruksiya qilish

OFID-NAV-W-40 Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Yangiyobod MFYdagi 10-son umumta’lim maktabi hamda Ayranchi MFYdagi 4-son umumta’lim maktab binolarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.

OFID-NAV-W-41 Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Paxtakor MFYdagi 23 va 33-son umumta’lim maktablari hamda Yangiyo‘l MFYdagi 22-son umumta’lim maktab binolarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.

OFID-NAV-W-43 Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Navkar MFYdagi 14-son, Chorbog‘uzar MFYdagi 29-son va Kukron MFYdagi 5-son umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

OFID-NAV-W-45 Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Yangiyul, Arabxona va Kelachi MFYlarida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi (RTB) binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

2. Tender savdolari Islom taraqqiyot banki tomonidan 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “Loyihalarni moliyalashtirishda tovarlar, ishlar va qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma”da belgilangan milliy tanlov tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu tenderda qo‘llanmada belgilangan vakolatli davlatlardan istalgan ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, ITB siyosatining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi 1.18–1.21-bandlariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

3. Qiziqish bildirgan vakolatli tender ishtirokchilari quyidagi manzil bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhidan batafsil ma’lumot olishlari va ish vaqtida (soat 9:00 dan 18:00 gacha) tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin. Tender hujjatlarining to‘liq to‘plamini rus tilida olish uchun, qiziqish bildirgan ishtirokchilar yozma ariza berishlari va quyidagi manzilga murojaat qilgan holda, har bir tender hujjatlari to‘plami uchun chop etish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida 1 250 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi. To‘lov usuli — quyidagi hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.

Toʻlovlarni soʻmda amalga oshirish uchun:

Qabul qiluvchi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
 
Qabul qiluvchining manzili va telefon raqami:
100017, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok.
Tel: (+998 71) 207-84-07.

Qabul qiluvchining banki:
ATB "Ipoteka-bank" Toshkent filiali, MFO: 00419

Qabul qiluvchining hisob raqami (soʻmda):
Qabul qiluvchining STIR (INN), OKONH kodi:    

20210000705294507007 
STIR(INN): 307 829 948.
        
Tender takliflari tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab 120 kun davomida amal qilishi lozim va ular bank kafolati shaklida ta’minot garovi bilan birga topshirilishi kerak.

Tender takliflari quyidagi manzilga BLAOG ofisiga yetkazilishi kerak:
Kimga: B. Egamov, BLAOG Direktori
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100017,
Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy,
4-qavat, o‘ng blok
Telefon:(998 77) 363 37 35 
Elektron pochta:  f.abdullayev@uzrd.uz

Tender takliflari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga 2025-yil 29-avgust kuni soat 15:00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) yetkazilishi kerak. Takliflar belgilangan vaqtda ochiladi va bu jarayonda qatnashishni istagan tender ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin. Belgilangan muddatdan kech kelgan takliflar rad etiladi.

Paketlarni ochish jarayoni 2025-yil 29-avgust kuni soat 15:15 da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida (4-qavatda) quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 1-uy.

Tender havolasi

Yuborish Ulashish