Bizning loyihalar
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi O'zbekistondagi birinchi jamoalarga asoslangan rivojlanish loyihasi hisoblanib, undagi barcha amalga oshiriladigan bosqichlar aholining fikriga asoslangan holda bajariladi. Bugungi kunga qadar 5 ta viloyatning 176ta mahallalarida jamoa safarbarligi ishlari yakunlandi. Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2020 — 2024 yillar) tashkil etishi kutilmoqda Loyiha Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida amalga oshiriladi.
Asosiy ijrochi tashkilotlar:
-Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi;
- Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari.
Saytga havola: www.ridp.uz