Bizning loyihalar
Respublikaning chekka hududlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʼarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori asosida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Loyiha umumiy qiymati: 338 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyiha maqsadi:
- qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash;
- hududlarni kompleks rivojlantirish;
- yo’l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish;
- aholi turmush madaniyatini yuksaltirish.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini mamlakatimizning 4 hududida, jumladan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta qishloqlarida (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla) amalga oshirish orqali yangi ish oʼrinlarini yaratish rejalashtirilgan.