Bizning loyihalar
Bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar avvalo aholining turmush sifatini oshirish, yurt farovonligi hamda jamiyat rivojini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.
Shunga koʻra, joriy yilning 28-mart kuni mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish maqsadida Islom taraqqiyot banki kredit mablagʻlari hisobiga “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Prezident qarori imzolandi.
Mazkur ijtimoiy va infratuzilma obyektlari koʻmakchi hamkor BMT TD Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan jamoatchilik fikri asosida aniqlanadi.
Tomonlar oʻrtasida qarz bitimi 2023-yilning aprelida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jassirning Toshkentga boʻlgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan. Loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanida 5 yil davomida ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Loyiha natijasi sifatida, 7,8 mingta tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 622 mingdan ziyod qishloq aholisi turmush sharoiti yaxshilanadi.
Ushbu loyihaning birinchi bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi chekka qishloqlarda qurilish-taʼmirlash, aholi kasbiy malakasini oshirish kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan