Yangiliklar
Bugun, 15-iyul kuni Buxoro shahrida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro va Navoiy viloyatlari axborot xizmatlari xodimlari uchun seminar trening o‘z ishini boshladi.
Ikki kunlik trening davomida Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Shofirkon hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa, Karmana, Navbahor tumanlari xokimliklarining axborot xizmati vakillari PR (jamoatchilik bilan aloqalar) hamda fotojurnalistika bo‘yicha ekspertlarning tajribalari bilan tanishadilar.
Trening kun tartibidan hokimlik imidjini oshirish, xalq bilan davlat tashkilotlari o‘rtasida ko‘prikni mustahkamlash, fotosuratlar bilan ishlash malakasini oshirish, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi bilan aholini yaqindan tanishtirish kabi mavzular o‘rin olgan.