Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Buxoro viloyatidagi subloyihalarda qurilish boshlandi

Islom taraqqiyot banki va OPЕK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Bunga ko‘ra, Buxoro viloyatida yangidan quriladigan jami 25 ta (shundan, 12 ta DMTT, 3 ta sog‘liqni saqlash va 10 ta mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi) ijtimoiy soha va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi obyektlarini qurish belgilangan. Ayni vaqtda mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va Davlat ekspertiza xulosalari olingan. Shundan,

- 12 ta MTT (1200 o‘rinli) obyekti (Buxoro - 3 ta, Vobkent - 3 ta, Kogon - 3 ta, Shofirkon - 2 ta va G‘ijduvon - 1 ta);

- 3 ta sog‘liqni saqlash byekti (225 qatnovli) (Vobkent - 1 ta, Kogon - 1 ta va G‘ijduvon - 1 ta);

- 10 ta mahalla markazlari (Buxoro - 2 ta, Vobkent - 2 ta, Kogon - 2 ta, Shofirkon - 2 ta va G‘ijduvon - 2 ta).

Bugungi kunda Buxoro viloyatida tanlangan subloyihalarda bosqichma-bosqich qurilish ishlari boshlanmoqda. Xususan, G‘ijduvon tumani “Gulistonobod” MFY “Charmgardon” qishlog‘idagi 28-sonli maktab hududida 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti, Kogon tuman “Mustaqillik” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi kabi obyektlarda qurilish ishlari boshlandi.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish