Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Talqoq” MFY hududida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari boshlandi.
Mazkur obyektda Navoiy viloyat hokimligining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Kamolov, Karmana tuman hokimi o‘rinbosari, “Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK, “Qishloqqurilishloyiha” kabi tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida qurilish ishlarining borishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.