Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qurilish boshlangan subloyihalar ko‘zdan kechirilmoqda

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qurilish boshlangan obyektlar joylarga chiqib o‘rganilmoqda.

BLAOGning Infratuzilma bo‘yicha katta mutaxasissi Ma’ruf Nosirov va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mutaxassisi Aziz Mo‘minov hamda hududiy mutaxassislar tomonidan hududlarga chiqib o‘rganishlar natijasida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan quruvchilar bilan suhbatlar olib borilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani, “Cho‘pon MFYda 90 o‘rinli MTM binosini qurish uchun tayyorgarlik ishlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumani, “O‘rnak” MFYda 120 o‘rinli МТМ binosini qurish ishlari boshlandi:

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani “Hamid Olimjon” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi belgilangan:

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani “Bo‘ston” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi:

Xorazm viloyati, Urganch tumani “Gulobod” MFYda, 150 o‘rinli MTM binosini qurish jarayoni:

Yuborish Ulashish