Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy soha obyektlari qurilishiga start berildi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan subloyihalarning quruvchi tashkilotlari bilan shartnomalar imzolandi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti, qishloq vrachlik punkti, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi kabi ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bo‘yicha imzolangan kelishuvlar ro‘yxati quyidagicha:

  • Taxiatosh tumani “Oydin yo‘l” va “Qusshilq” MFYda maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) qurish;
  • Nukus tumani “O‘rnak” MFYda MTT qurish;
  • Ellikqal’a tumani “Paxtachi” va “Cho‘pon” MFYda MTT qurish;
  • Beruniy tumani “Shimom” MFYda MTT qurish;
  • Beruniy tumani “Abay” va “Do‘stlik” MFYda MTT qurish;
  • Amudaryo tumani “Farovon”, “Olmazor” va “Arnabo‘yi” MFYda MTT qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Anhorli” MFYda MTT qurish;
  • Nukus tumani “Sho‘rko‘l” MFY, Amudaryo “Tosh yop” MFY hamda Beruniy tumani “Obi hayot” MFYda QVP qurish;
  • Taxiatosh tumani “Aytishkuli” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish;
  • Taxiatosh tumani “Nurli kelajak” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Do‘stlik” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Ko‘hna to‘rtko‘l” MFYda MTT va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Paxtachi” MFYda MTT qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Ullubog‘” MFYda MTT qurish;
  • To‘rtko‘l tumani “Ullubog‘” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • Beruniy tumani “Shimom” MFY va Beruniy tumani “Abay” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish;
  • Ellikqal’a tumani “Ixlos” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • Ellikqal’a tumani “Sarabiy” va “Qilchinoq” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish;
  • Ellikqal’a tumani “Cho‘pon” MFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish;
  • Nukus tumani “Taxir ko‘l” va “Samanbay” MFYda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish