Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Xorazm viloyatida qurilish ishlarini boshlash uchun shartnomalar imzolandi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyatida 23 ta ijtimoiy soha va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi obyektlarini (4 ta umumta’lim maktablari, 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta qishloq vrachlik punkti va 12 ta mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi) qurish belgilangan.

Bugungi kunda quyidagi 12 ta obyekt uchun tender savdolari o‘tkazilib, qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK va pudratchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma imzolandi:

- Bog‘ot tumani Bog‘iston MFYda 90 o‘rinlik MTT

- Bog‘ot tumani Madaniyat MFYda 90 o‘rinlik MTT

- Bog‘ot tumani Uzumzor MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Bog‘ot tumani Yangiqadam MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Urganch tumani “Gulobod” MFYda 150 o‘rinlik MTT

- Urganch tumani “Hidoyat” MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Xazorasp tumani “Shodu xurram” MFYda 150 qatnovlik qishloq vrachlik punkti

- Xazorasp tumani “Muxomon” MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Xazorasp tumani Bo‘ston MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Xonqa tumani “Do‘stlik” MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Yangibozor tumani “Hamid Olimjon” MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi

- Yangibozor tumani “Bo‘ston” MFYda mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish