Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Ispaniyaga o‘quv safari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining “Infratuzilmani boshqarishda muhandislik xizmatlari va salohiyatini oshirish” B komponenti doirasida joriy yilning 16-22-kunlari Ispaniyaga o‘quv safari tashkil etildi.

Loyiha amalga oshirilishi belgilangan hududlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklaridan vakillar, BMT TD va BLAOG xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyaning Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy qurilishi va shaharsozlik vazirligi, Ekologiya vazirligi, Madrid politexnika universiteti, Agronomlar maktabi va biotizim markazi, Arxitektura maktabi, Telekommunikatsiyalar universitetida tajriba almashinish maqsadida uchrashuvlarda qatnashishdi.

Mazkur safardan maqsad:

–       Barqaror shaharsozlik, energiya va suvni tejash uchun innovatsion yechimlarga qaratilgan Ispaniyada barqaror rivojlanish strategiyalari va tashabbuslarini o‘rganish.

–       Iqlimga chidamli rejalashtirishni targ‘ib qilish, atmosferaga yetkazilayotgan zararni kamaytirish, bu amaliyotlarni mahalliy qishloq xo‘jaligiga integratsiyalashga alohida e’tibor berish.

–       O‘zbekistonda barqaror yechimlarni amalga oshirish uchun mahalliy arxitektorlar va muhandislar salohiyatini oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

O‘quv safari davomida ishtirokchilar Ispaniyaning barqaror rivojlanish strategiyalari va tashabbuslari haqida xabardorliklarini oshirishlari bilan birga, barqaror arxitektura, hududlarni arxitekturaviy rejalashtirish hamda energiya va suvni tejash boʻyicha innovatsion yechimlar boʻyicha ilgʻor tajribalarni o‘rganib, ularni Oʻzbekistonda moslashtirish jihatlarini ham muhokama qildilar.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish