Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Qishloqlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi oʻrganilmoqda

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha mahalliy hokimiyatlardam vakillar shuningdek, BMT TD mutaxassislari ishtirokida Latviyaga o‘quv safari tashkil qilingani haqida xabar bergandik.

Mazkur safar davomida qatnashchilar qishloq taraqqiyoti boʻyicha Yevropa qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan LEADER dasturi asosida qishloqni barqaror rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Chekka hududlarda istiqomat qiladigan aholiga qulay sharoit yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha Latviya davlati tajribasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, LEADER dasturining milliy va mahalliy darajalarda boshqaruv tuzilmasi, qishloq jamiyatini rivojlantirishda “pastdan yuqoriga” yondashuvni qo‘llash, mahalliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, loyihalarni tanlash va amalga oshirish, qishloq taraqqiyotiga ko‘maklashishda NNTlarning muhim rolini muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda Slovakiyada o‘quv seminarlarini davom ettirmoqda.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish