Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Xalqaro konsultantlar tomonidan BLAOG xodimlari uchun seminar tashkil qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari uchun “Renardet SA & Partners, Consulting Engineers” xalqaro konsultantlari tomonidan oʻquv seminari tashkil etildi.

Unda BLAOGning moliya, xaridlar, toʻlovlar va qurilish yoʻnalishlariga mas’ul xodimlar qatnashishdi. Seminar kun tartibidan xaridlarni boshqarish jarayoni, ularning turlari, moliyaviy boshqaruv, xarid jarayonlarini tashkil qilishda Islom taraqqiyot bankining umumiy tamoyillari va qoidalari kabi mavzular oʻrin oldi.

Shuningdek, ishtirokchilar investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi qurilish ishlari, tender jarayonlari, shartnomalarni e’lon qilish va ularni boshqarish boʻyicha ham oʻz bilimlarini oshirishdi.

Trening yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish