Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Xorazm viloyatida saralangan subloyihalarni loyihalashtirish ishlari boshlab yuborildi

“Rhythm Plus” va “Loyiha Qurilish Lyuks” kompaniyalari mutaxassislari hududagi BLAOG xodimlari va BMT TD mutaxassislari ko‘magida loyiha amalga oshiriladigan hududlarga tashrif buyurib, barcha 49 ta mahallalarda tashkil etilgan tashabbus guruhlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Uchrashuvlarda rejalashtirilgan loyihalar o‘rganilib, qoʻshma tadbirlarni rejalashtirish va dasturda ishtirok etuvchi tomonlarning oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Shu kunlarda “Rhythm Plus” va “Loyiha Qurilish Lyuks” korxonalari mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatining Urganch va Bog‘ot tumanlarida obyektlarni loyihalash ishlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyatining 6 ta tumanidagi 49 ta qishloqda (Urganch tumanida – 8 ta, Bog‘ot tumanida – 8 ta, Xonqa tumanida – 8 ta, Yangibozor tumanida – 9 ta, Hazorasp tumanida – 8 ta, Gurlan tumanida – 8 ta) ichimlik suvi va elektr tarmoqlari tizimlarini yaxshilash, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shu kabi tashabbuslarga qaratilgan jami 205 ta infratuzilma loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

extra image extra image

Yuborish Ulashish