Yangiliklar
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov, iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Samandar Sadullayev va mazkur loyihaning masʼul xodimlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida boʻldilar.
Hududlarda tashkil etilgan uchrashuvlarda aholini qiynab turgan ijtimoiy va infratuzilma bilan bogʻlik muammolarni hal etish uchun ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish va taʼmirlash ishlarini sifatli tashkil etish, qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha qator taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.