Yangiliklar
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirishda loyihaoldi ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida tashkil qilingan o‘quv seminarining so‘nggi kunida ishtirokchilar jamoa safarbarligini tashkil qilish, mazkur jarayonning barcha. bosqichlari bilan tanishishdi hamda tashabbuskor guruhlar bilan ishlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan taklif qilingan fasilitatorlar “Mahallani kompleks rivojlantirish rejasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar hamda ularni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamladilar.
Trening yakunida 3 kunlik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan mutaxassislarga BMT TD tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.