Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda batafsil loyihalash va texnik nazorat bo‘yicha konsultantlarini tanlash bo‘yicha tender g‘oliblari e’lon qilindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi qatnashchilar tanlab olindi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida
- “WorleyParsons Uzbekistan” MChJ va sub-konsultant “Encompass Consulting” (“Alfa Line” QV) - SRDP-QCBS-2;
Xorazm viloyatida
- “Rhythm Plus” MChJ sub-konsultant “Loyixa Qurilish Lyuks” XK - SRDP-QCBS-3;
Buxoro viloyatida
- “QishloqQurilishLoyiha” MChJ QK va Engineering company “Qishloq Qurilish Invest” MChJ muhandislik kompaniyasi va sub-konsultant “Consulting Business Management” MChJ - SRDP-QCBS-1;
Navoiy viloyatida
- “Qishloq Qurilish Invest” MChJ va sub-konsultant “Consulting Business Management” MChJ - SRDP-QCBS-4.
Tender shartnomalari bo‘yicha taklif va e’tirozlar yakuniy natijalar e’lon qilingandan keyin 10 kun ichida o‘rnatilgan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi BLAOG bosh ofisida yozma shaklda qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot va aloqa uchun: +99871 207 84 07 (119).