Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida batafsil loyihalash ishlari va qurilish nazorati xizmatlarini ko‘rsatuvchi “WorleyParsons Uzbekistan” MCHJ va “Encompass Consulting” kompaniyasi mutaxasislari hamda mazkur yo‘nalishda Xorazm viloyatida ish olib boruvchi “Rhythm Plus” MChJ va “Loyiha qurilish lyuks” XK vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida tanlangan loyiha obyektlarida qurilish ishlarini tashkil etishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.