Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislarining navbatdagi xizmat safari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashkil qilindi.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududiy mutasaddilar bilan birgalikda Amudaryo, Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Beruniy tumanlari mahallalarida joylashgan qurilish ishlari belgilangan hududlaridagi obyektlarda ekologik va ijtimoiy skrining jarayonlari olib borilmoqda.
Baholash ishlari davomida hududlarda tanlangan oilaviy shifokorlik punkti, mahalla va maishiy xizmatlar ko‘rsatish markazi, maktabgacha ta’lim muassasasi kabi ijtimoiy obyektlar qurilishining ekologik va aholi ijtimoiy turmushiga ta’siri o‘rganilmoqda.
Shuningdek, skrining davomida yangi qurilishlar uchun belgilangan yer maydonlari ko‘zdan kechirilib qurilish natijasida o‘simliklarni ko‘chirish yoki boshqa ekologik hamda ijtimoiy salbiy oqibatlarning yuzaga kelishini oldini olish kabi holatlar tahlil qilinadi.