Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Xorazm viloyatida ekologik va ijtimoiy tahlillar o‘tkazilmoqda

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatining Urganch, Gurlan, Yangibozor, Xonqa, Xazorasp va Bog‘ot tumanlari mahallalarida joylashgan qurilish ishlari belgilangan hududlarida ekologik va ijtimoiy skrining jarayonlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda hududlarda tanlangan oilaviy shifokorlik punkti, mahalla va maishiy xizmatlar ko‘rsatish markazi, maktabgacha ta’lim muassasasi kabi ijtimoiy obyektlar qurilishining ekologik va aholi ijtimoiy turmushiga ta’siri o‘rganilmoqda.

O‘tkazilayotgan baholashlar davomida qurilishlar uchun belgilangan yer maydonlari aniqlanib, qurilish ishlari olib borish natijasida o‘simliklarni ko‘chirish yoki boshqa ekologik hamda ijtimoiy salbiy oqibatlarning yuzaga kelishini oldini olish kabi holatlar tahlil qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, subloyihalar skriningi kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli ta’sirlarni o‘rganish va unga nisbatan oldindan maqbul yechim topishda qo‘llanadi.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish