Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining donor tashkiloti hisoblanuvchi Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ITBning O‘zbekistonga navbatdagi missiyasi tarkibida bankning qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalari bo‘yicha mas’ul xodimi Vahyu Vijayanto, loyihalar boshqaruvi bo‘yicha mutaxassisi Daniyar Akbassov hamda BLAOG xodimlari qatnashishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi yuzasidan 2023-yilning IV choragida qilingan ishlar tahlil etildi. Jumladan, loyiha amalga oshirilishi belgilangan 4 ta hududdagi 900 ta ijtimoiy obyektlarda yangidan qurilish va ta’mirlash ishlari, shuningdek 40 ta mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazini qurish belgilab olingan. Bugungacha 102 ta yangi obyektlarni qurish bo‘yicha tegishli qaror va hujjatlar tasdiqlangan. Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida turli toifadagi tanlangan obyektlarda qurilish ishlarini tashkil etish muhokama qilindi.