Yangiliklar
Ta’lim va texnologik taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq maktablariga 4 ta interaktiv smart-doska va 60 ta kompyuter topshirib, o‘qituvchi va o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim resurslari va vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratildi.
BMT Taraqqiyot dasturining mahalliy eksperti tomonidan tayyorlangan “Qishloq maktablari salohiyati va o‘quvchilar va o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini tahlil qilish” hisobotiga asoslanib, maqsadli viloyatlarda saralab olingan qishloq maktablarini texnik takomillashtirishda yordam berish rejalashtirgan.
Ishlab chiqilgan mezonlar asosida 4 ta quyidagi maktablar tanlab olindi va ularga interaktiv smart-doskalar, 60 ta kompyuter va mahalliy tarmoq uchun LAN uskunalari topshirildi:
Raqamli smart-doskalar o‘qituvchilarga axborotni yanada qiziqarli va interaktiv tarzda taqdim etishda muhim. Bundan tashqari, multimedia darslarini yaratish va yetkazishda ham foydalanish mumkin. Kompyuterlar o‘quvchilarga ta'lim resurslariga ega bo'lish va raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi. LAN xablari va kabellari kompyuterlarni bir-biriga bog‘lab, o‘quvchilarga resurslarni baham ko‘rish va loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish imkonini beradi.
Shuningdek, 2024-yil birinchi yarmida qo‘shimcha 4 ta qishloq maktablariga ham huddi shunday jihozlar topshiriladi.
“Bugungi kunda ta’limga investitsiya qilish kelajakka investitsiya. Raqamli smart-doskalar va zamonaviy kompyuterlar o‘quvchilarga axborotni yanada qiziqarli va interaktiv tarzda taqdim etish imkonini beradi. Bundan tashqari, multimedia darslarini ham yaratishi mumkin. Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar orqali esa o‘quvchilarimiz foydali ta’lim resurslardan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi”, - deydi “Varozun” mahallasida joylashgan 18-sonli maktab direktori Fahriddin Jamolov.