Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida O‘monning Renardet SA & Partners, Consulting Engineers kompaniyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kompaniya bilan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida texnik tahlil va shartnomalarni boshqarishda ko‘mak xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda shartnomada ko‘rsatilgan kelishuvlarni bajarish, ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olish kabi masalalar muhokama etildi.