Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Navoiy viloyatidagi obyektlarning ekologik va ijtimoiy baholash ishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tuman hokimliklaridan vakillar, loyiha doirasida qurilish obyektlari belgilangan mahallalardan aholi hamda BLAOGning atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida bolalar bog‘chasi, maktab, oilaviy poliklinika va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari ko‘zdan kechirilmoqda. Mahalliy aholi va MFY a’zolari bilan suhbatlar orqali kelgusidagi qurilishlarning ijtimoiy-iqtisodiy muhitga ta’siri, aholi mulohazalarining inobatga olishini mezonlari o‘rganilmoqda.