Yangiliklar
Islom taraqqiyot banki tashabbusi bilan 2022 yil 14-18 noyabr kunlari Oʼzbekistondagi Islom Taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʼyicha boshlangʼich seminar va portfolio nazorati oʼtkazilmoqda, xususan:
- Qishloqlarni barqaror rivojlantirish
- II bosqich onkologiyani takomillashtirish loyihalari.
Boshlangʼich seminarning maqsadi ijrochi tashkilotlarni loyihalarni amalga oshirish talablari, jumladan, xaridlar, toʼlovlar, moliyaviy boshqaruv va maʼmuriy tartib-qoidalar bilan tanishtirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish rejalarini, toʼlovlar boʼyicha yoʼriqnomalarni ishlab chiqish va maʼmuriy tartiblarni kelishishdan iborat.
Seminarga mamlakatimizdagi ITB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning turli sektorlaridan mutaxassislar taklif etilgan. Seminar Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy tarakkiet va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi.
Imkoniyat darajasida loyihalar va portfoliolar, ayniqsa yuqorida tilga olingan ikkita loyihaning borishini kuzatish ham rejalashtirilgan.