Yangiliklar
Qishloq joylarda raqamli rivojlanishni baholash mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvning asosiy muhokamasi bo‘ldi.
Mazkur davra suhbatida axborot texnologiyalari bo‘yicha vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari va ilg‘or IT kompaniyalar hamda donor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda BMTTD mutaxassislari va tadqiqot kompaniyasi vakillaridan iborat guruh tomonidan qishloq joylarda mavjud axborot texnologiyalari infratuzilmasini baholash va uni rivojlantirish rejalari, ish joylarini raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar, mavjud muammolar va rivojlangan davlatlar tajribasini inobatga olgan holda O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan raqamli yechimlar bo‘yicha tavsiyalar namoyish etildi. Shuningdek, respublika miqyosida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari va 2030-yilgacha mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar haqida fikrlar bildirildi.