Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Bizga qo'ng'iroq qiling
+99871 207-84-07

Yangiliklar

uzrd news image

Bambukdan qishloq xo‘jaligida foydalanish bilan tanishildi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi xodimlari Tailandning Samutsaxon provinsiyasida “Tailand ko‘rfazining dengiz va qirg‘okbo‘yi hududlarida iqlim o‘zgarishi va ta’siriga chidamliligini oshirish” loyihasi doirasidagi amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi.

Mahalliy aholi va hukumat tashabbusi bilan iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanlikni oshirish, dengiz suvining noqonuniy o‘zlashtirilishini cheklash maqsadida qirg‘oqbo‘yi hududida bambuk daraxti ekish usulidan foydalanilgan. Bu orqali dengiz to‘lqini kuchayishi kabi turli tabiiy ofatlar vaqtida suv kuchini pasayishiga erishiladi.

3 km uzunlikni qamrab olgan mazkur bambukli himoya to‘sig‘i har yili tasabbuskorlar va mahalliy aholi tomonidan yangilab boriladi.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish