Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi vakillarining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Tailandga safari Tailand ichki ishlar vazirligining Mahallani rivojlantirish departamentida (Community Development Department) uchrashuv bilan boshlandi.
Mazkur uchrashuvda Tailand ichki ishlar vazirligining Mahallani rivojlantirish departamenti direktor o‘rinbosari Vitun Naulnukodi va uning hamkasblari bilan chekka hududlarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni rejalashtirish, axborot texnologiyalarining keng iimkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur yo‘nalishda Tailand tajribasining o‘ziga xosliklari bo‘yicha fikr yuritildi.
Ma’lumot uchun:
Tailand ichki ishlar vazirligining Mahallani rivojlantirish departamenti1962-yil 1-oktabrdan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kungacha mamlakat 76 ta viloyatidagi hududlarni qamrab olish va soha bo‘yicha islohotlar qilish, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida yetakchi davlatlar tajribasidan foydalanilgan holda qator loyihalarni amalga oshirgan.
Jumladan, “90 kunda tez yordam berish loyihasi” – COVID-19 dan keyin mamlakatda ishsizlik darajasi ortganda amaliyotga joriy etilgan. 12,9 mln. nafar aholining 5 xil turdagi ekin ekish orqali daroamadini oshirish ko‘zlangan.
- Dastlabki loyiha muvaffaqiyatga erishganidan so‘ng, oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida 10 xil turdagi mahsulotlarni ekish yo‘lga qo‘yilgan.
- Kambag‘allikni qisqartirishda raqamlashtirishdan foydalanish tadbiq etilgan.