Yangiliklar
Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Jamoat ishlari va uy-joy vazirligining Jakartadagi ofisida uchrashuv o‘tkazdilar. Unda boshqarma boshliqlari va mas’ul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha Indoneziyanining bosqichma-bosqich bosib o‘tgan tajribasi, sohaga doir masalalardagi muammolar, undan olingan saboqlar xamda istiqboldagi reja va tavsiyalar o‘rganib chiqildi.
Aholini uzoq yildan buyon qiynab kelayotgan muammolarni yechimini topishda Indoneziya davlati Islom taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kabi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Bu kabi investitsion loyihalar natijasida hamda hukumat say’-harakati bilan o‘tgan qisqa davr ichida Indoneziyada:
- ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 70,5 foizdan 90 foizga;
- oqava suv tizimlarining yo‘lga qo‘yilganligi darajasi esa 62 foizdan 90 foizga oshgan.
- urbanizatsiya (qishloqdan aholining shaharga ko‘chib kelish) darajasi esa 10 foizdan 6 foizga pasaygan.