Yangiliklar
Tashkil qilingan o‘quv seminari davomida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi delegatsiyasi Indoneziyaning Janubi-Sharqiy Sulavesi provinsiyasining Malaringgi qishlog‘ida bo‘ldilar.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari 134 ta xonadon istiqomat qiluvchi mazkur orolda BMT TD loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Jumladan, loyiha doirasida quyosh panellari o‘rnatilgunga qadar qishloq aholisining elektrga ulanish imkoni bo‘lmagan. Tashabbuskor aholi, orol rahbariyati va donor tashkilot vakillarining sa’y-harakatlari bilan hududda quyosh panellari o‘rnatilgan. Bunda aholining safarbarlikni amalga oshirishdagi faol ishtiroki, elektr manbasidan foydalanishni tartibli yo‘lga qo‘yishi muhim rol o‘ynagan.