Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi vakillari uchun “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Indoneziya va Tailand davlatlariga o‘quv seminari tashkil etildi.
Dasturning birinchi kunidan elektr energiyasidan foydalanishni yaxshilash, quyosh elektr stansiyalarining dastlabki loyihalarini o‘rganish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish, moliyalashtirish masalalari, jarayonni amalga oshirishda olingan saboqlar va muvaffaqiyat hikoyalari bilan tanishish maqsadida Indoneziyaning Energetika va mineral resurslar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Chekka hududlardagi aholining ehtiyojlarini inobatga olgan holda infratuzilma obyektlari va xonadonlarning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash darajasini oshirish hamda bu bo‘yicha xorijlik mutaxassislar tajribasini o‘rganish mazkur uchrashuvda ko‘tarilgan asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.