Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashinuvi davom etmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhining markaziy va hududlardagi xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi vakillari uchun “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Gruziyadagi o‘quv seminarining keyingi kunlarida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Gruziya Atrof-muhit muhofazasi va qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qishloq hududlarni rivojlantirish agentligi mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda turli yo‘nalishlarni qamrab oluvchi hamkorlik, davlat tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari va tijorat banklari bilan o‘zaro aloqalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, safar davomida O‘zbekistonlik mutaxassislar Kaxetiya viloyatida ham bo‘lishdi. BMT TD ko‘magida jihozlangan Kaxetiyadagi tibbiyot poliklinikasi va grant hisobiga qurilgan dam olish maskani faoliyati bilan tanishdilar.

Shu bilan birga chekka hududlar aholisini ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan dasturlar doirasida ish boshlagan qamishni qayta ishlash korxonasi ham ko‘rib chiqildi.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish