Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun tashkil qilingan o‘quv seminarining ikkinchi kunida Gruziyaning Dushetti shahrida joylashgan Adliya markazi faoliyati bilan tanishildi. Ushbu markazga aholidan kuniga taxminan 200 ga yaqin xizmatlar uchun so‘rov kelib tushadi. Gruziyalik mutaxassislar bilan hududlardagi aholi bilan ishlashning o‘ziga xosliklari va uchraydigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikr almashildi.
Kunning ikkinchi yarmida Asureti qishlog‘ida ish boshlagan “Nikolli” tikuv korxonasi ish faoliyati bilan tanishildi. Chekka hududlardagi aholining daromadlari hamda ularning turmush sifatini oshirishda kichik biznesning o‘rni amaliy misollar orqali ko‘rib chiqildi.