Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi
PQ-5246-son qaroriga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamkorligida Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining “Ochilish marosimi” joriy yilning 18 oktyabr' kuni Toshkentning Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Islom taraqqiyot banki vakillari, viloyat va tuman hokimliklari, fuqarolik jamiyati, nodavlat va notijorat tashkilotlar, vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini olib borayotgan xalqaro moliya institutlari va donorlar vakillari ishtirok etdilar.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (46 ta MFY), Xorazm (49 ta MFY), Buxoro (41 ta MFY) va Navoiy (34 ta MFY) viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi. Bunda, ijtimoiy va infratuzilma ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining loyihani amalga oshirish davrida infratuzilmani barqaror boshqarish bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkori etib belgilangan.
Xozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi xamkorligida 42 tajriba (pilot) MFY da jamoa safarbarligi ishlari yakunlangan bo‘lib, ularning manzilli ro‘yxati shakllantirildi hamda 170 ta birlamchi va dolzarb bo‘lgan subloyihalar tanlab olindi. Shuningdek, joriy yilning yakuniga kadar 66 ta va 2023 yil 1 yarim yillikda 62 MFYda birlamchi va dolzarb subloyihalar aniqlanishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloqlardagi haetiy faoliyatni ta'minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Bu borada yo‘llar qurilishi, transport infratuzilmasini, injeneriya va kommunikasiya tarmoqlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlar bo‘lmish maktabgacha ta'lim muassasalar, maktablar, kishlok vrachlik punktlar va elektr-kommunikasiya tizimlarini yaxshilashga qaratilgan.