Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida navbatdagi tajriba almashinuvi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhining markaziy va hududlardagi xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi vakillari uchun “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Gruziyada o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlarning dastlabki kunida ishtirokchilar uchun dasturning taqdimoti shuningdek, loyihani samarali amalga oshirishda foydalaniladigan nazariy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tajriba almashinish maqsadida Tbilisi shahrida joylashgan Adliya markaziga tashrif hamda Gruziya Adliya vazirligi hamda Atrof-muhit muhofazasi va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ma’lumki, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasida fuqarolar bilan ishlash, chekka hududlardagi aholining ehtiyojlarini o‘rganish muhim. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur yo‘nalishda Gruziyaning ilg‘or tajribasini ko‘rib chiqish bilan birga aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar va raqamlashtirishni rivojlantirishdagi keng imkoniyatlar bilan ham tanishib chiqilmoqda.

Xizmat safari keyingi kunlarida qishloq hududlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida joylarga chiqib uchrashuv va mashg‘ulotlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish